21:02 / 10.06.2018
6 712

Otabek Mirzaxolov «Bolalarda ayb yo‘q» haziliga Mirjalol Qosimov qanday munosabat bildirganini aytib berdi (video)

Otabek Mirzaxolov «Bolalarda ayb yo‘q» haziliga Mirjalol Qosimov qanday munosabat bildirganini aytib berdi (video)
Foto: Instagram / @otabekmirzaholov_grbojalar
«Million» jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Otabek Mirzaxolov O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga qilgan haziliga qanday munosabat bildirgani haqida batafsil gapirib berdi.

«Bolalarda ayb yo‘q…», deb nomlangan sahnadagi chiqishimdan so‘ng, o‘sha konsert disklarga chiqib, bu gap juda ham ommalashib ketdi. Har O‘zbekiston terma jamoasi yutqizganida muxlislar «bolalarda ayb yo‘q», degan gapimni yozib, rasmga olib Instagram, Telegram tarmoqlarida menga yuborishar edi. O‘sha gapim rosa ommalashgan vaqtida Mirjalol aka bilan Artel kompaniyasida ko‘rishib qolganmiz.

O‘shanda Mirjalol akani ketayotganlarida ortidan borib, «Assalomu alaykum Mirjalol aka», deganimdan so‘ng ular ham men bilan ko‘rishib, «e anavi meni ustimdan kulgan bola san-ku», dedilar, «Ha aka, shunga men xijolat bo‘lib qoldim, noto‘g‘ri tushunmadingizmi, uzr agar ko‘nglingizga og‘ir botgan bo‘lsa» dedim. Men u yerda o‘zbek fudbolini ustidan kulganman, lekin shaxsning ustidan kulish niyatim bo‘lmagan. Muxlis har xil tushunib, kimlardir «shaxsning ustidan kuldi», deb o‘ylagan. Vaholanki, biz u yerda «O‘zbekiston terma jamoasini rivojlansin», deya, terma jamoaning minus tomonlarini ko‘rsatib berishga harakat qilganmiz. O‘zi kamchilikning ustidan qilingan hazil ommalashadi.

O‘shanda Mirjalol aka «E uka, bu nima deganing, bizlar to‘p tepib pul topamiz, senlar gapirib pul topasan, mana Rossiyada Putinlarning ustidan ham kulib tashlashadi, hech kim indamaydi, hamma to‘g‘ri tushunadi, degan edilar. O‘shanda juda ham xursand bo‘lib, ular bilan rasmga tushib, Instagram’ga joylab mana munosabatimiz buzilmagan», degan ma’noda fikr ham yozib qoldirganman. O‘sha vaqtda Mirjalol akaning muomalasini, hazilni to‘g‘ri tushuna olishini ko‘rib, ularga nisbatan bir karra hurmatim oshgan edi.

Ba’zi bir insonlar bor, o‘zlari san’at vakili bo‘lishiga qaramasdan, hazillarimizni noto‘g‘ri tushunishadi. Balkim biz tomondan oshirib yuborilar, balkim chegara bo‘lishi kerakdir. Faoliyatim davomida hazillarim bilan kimnidir dilini o‘g‘ritgan bo‘lsam, muborak oylarda ulardan chin dildan kechirim so‘rayman.

Otabek Mirzaxolov, «Milliy art» jamoasi a’zosi


Foto: Instagram / @otabekmirzaholov_grbojalar

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Otabek Mirzaxolov «Bolalarda ayb yo‘q» haziliga Mirjalol Qosimov qanday munosabat bildirganini aytib berdi (video)