22:50 / 10.06.2018
5 655

Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi (foto)

Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi (foto)
Jahonga mashhur Xulio Iglesias o‘zining yubiley turnesini O‘zbekistondan boshlaydi, deb yozadi «MyDay».

Xonanda 10 sentyabr kuni Toshkentda konsert bergach, Dubay va Tel-Avivga yo‘l oladi.

13 oktyabrda esa «Xalqlar do‘stligi» saroyida yunon bastakori va dirijyori Yanni Xrisomallis konsert dasturi bilan mehmon bo‘ladi.

Yanni jahonning eng mashhur instrumental musiqasi ustalaridan biri hisoblanadi. Uning albomlari Yevropa xit-paradlarining kuchli yigirmataligidan o‘rin oladi. Taniqli san’atkor Londondagi «Royal Albert Hall» va Mexikodagi «Auditorio Nacional» kabi saroylarda konsert bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi (foto)