22 403
“O‘zbekkonsert” to‘yga chiqadigan san’atkorlar ro‘yxati va narxlarini belgiladi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumani faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida dabdabali to‘ylar mavzusiga to‘xtalib, “dabdabali to‘ylar uchun javobgar”ni topgandan keyingina, to‘ylarni tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilinishini bildirgan edi.
To‘ylarni ixchamlashtirish borasida O‘zbekiston bo‘ylab targ‘ibot-tashviqot ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ushbu masalaga o‘z daxldorligini bildirish maqsadida to‘yga va oshga boradigan san’atkorlar ro‘yxatini shakllantirdi, deb yozadi “Xabar” nashri.
Odil Abduqahhorovning aytishicha, ushbu ro‘yxat va xizmatlar “O‘zbekkonsert” tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, hozircha mazkur xizmatlar faqat Toshkent shahri uchun ishlab chiqilgan. Yaqin bir oy ichida O‘zbekistonning barcha hududi uchun ana shunday ro‘yxatlar shakllantiriladi.
— Xalqimizning mushkulini oson qilish maqsadida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi FHDYO bo‘limida alohida xona tashkil qildik, — deydi “O‘zbekkonsert” rahbari. — To‘y qilmoqchi bo‘lgan odam bemalol o‘sha yerga borib, narxlar bilan tanishib, o‘ziga mosini tanlaydi va oldindan buyurtma berib qo‘yishlari kerak. Keyinchalik xuddi shunday burchaklarni barcha viloyatlar va tumanlarda ham tashkillashtirishni niyat qilganmiz.
Shuningdek, ro‘yxatda ko‘rsatilgan telefon raqamlari 24 soat mobaynida uzluksiz ishlaydi. Yana bir narsani alohida qo‘shimcha qilish kerak, muassasa tomonidan taqdim etilayotgan mazkur xizmatlar mutlaqo bepul! Agar san’atkorlarga nisbatan norozilik munosabati yoki e’tirozlar paydo bo‘lsa, ko‘rsatilgan ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlar ning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi qabul qilinmagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi