«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan Toshkent shahrida to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda ishtirok etadigan sana’tkorlar ro‘yxati tuzilgan edi. Biroq xizmat haqi 500 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha etib belgilangan ushbu ro‘yxatda taniqli xonandalarning nomi qayd etilmagan.
«O‘zbekkonsert»ning mas’ul xodimi Matluba Mahkamova «Davr» muxbiriga ushbu holat yuzasidan quyidagicha izoh berdi.
— Bular navbatchi guruh. Biz bitta narsani to‘g‘ri tushunaylik — navbatchi guruh to‘yingizni boshidan oxirigacha o‘tkazib berishga kafil. Taniqli xonandani chaqiradigan bo‘lsangiz, unda to‘y egalari bevosita san’atkorning o‘zi bilan bog‘lanib, chaqiraveradi. Bu xonanda xohlagan narxini belgilaydi degani emas. Bir narsani unutmaylik — kimdir taniqli xonandani muxlis bo‘lib chaqiradigan bo‘lsa, xonanda ham juda katta narx qo‘ymaydi.
«O‘zbekkonsert» bu narsani bevosita nazorat qila olmaydi. Bu to‘y egasi bilan xonanda o‘rtasidagi kelishuv. Biz ularni chegaralab qo‘ya olmaymiz.
Biz shu masalada hozirda tushuntirish ishlari olib boryapmiz, endi ularam xizmat haqi uchun istagan narxini qo‘ymaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi