20:56 / 25.07.2018
8 557

Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja haqidagi filmdan fotolavhalar

Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja haqidagi filmdan fotolavhalar
“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi bilan rejissyor Jahongir Ahmedovning «Islomxo‘ja» deb nomlangan tarixiy badiiy-publitsistik janrdagi filmi ovozlashtirish ishlari yakunlandi.

Film o‘z davrining taraqqiyparvar, xalqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri, Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja haqida bo‘lib, uning ma’rifat, adabiyot va san’at homiysi sifatida qilgan ishlari xususida.

Filmda xonning yaqin qarindoshi, qaynotasi, xonlikning eng yuqori amaldori, qo‘shni davlatlar hukmron doiralari hatto, oddiy xalq orasida katta hurmatga ega, buyuk reformator Islomxo‘ja sirli ravishda o‘ldirilgani, dastlab qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari tezda to‘xtatilib, bosdi-bosdi qilishga o‘tilgani, qariyb bir asrdan ziyod vaqt davomida hali-hanuz javobini kutayotgan fojeali qotillik tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqotchi-tarixchi bir asrlik fursat o‘tganligiga qaramasdan mavjud hujjatlarga asoslanib, masalaga xolisona yondashib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qilgani kinoijodkorlar tomonidan mohirona tasvirlangan.

Filmda asosiy rollarni Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov va Asal Shodiyevalar ijro etishgan.













arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja haqidagi filmdan fotolavhalar