18:57 / 29.07.2018
7 356

O‘zbekistonlik qiz «Miss SNG Instagram» unvoniga sazovor bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik qiz «Miss SNG Instagram» unvoniga sazovor bo‘ldi (foto)
Ostonada «MDH sohibjamoli 2018» tanlovida o‘zbekistonlik Darya Masalskaya eng go‘zal beshlikdan o‘rin oldi.

Ostonada “MDH sohibjamoli 2018” tanlovi yakuniga yetdi. Unda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iton, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistondan 19 nafar qizlar ishtirok etishdi.

Gruziya, Latviya va Ukraina rasman MDH a’zolari bo‘lmasada, ushbu mamlakat vakillari konkursga maxsus ishtirokchilar sifatida taklif etilgan.

Qozog‘iston poytaxtida MDHning eng sohibjamol qizini tanlashdi: tanlov g‘olibi Ukrainalik Tatyana Akulenko bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda (vitse-miss) qozog‘istonlik Asem Yesengeldiyeva, ikkinchi vitse-miss – Armanistonlik Romella Tamaryan, uchinchi vitse-miss esa – rossiyalik Viktoriya Volgina bo‘ldi.

O‘zbekiston vakili Darya Masalskaya eng go‘zal beshlikka kirdi va alohida ta’sisi etilgan «Miss SNG Instagram» unvoniga sazovor bo‘ldi.
“Bizni mazali taomlar bilan siylashmoqda, biz ajoyib mehmonxonada yashaymiz. Tanlov juda yaxshi tashkil qilingani sababli, ishtirokchilar orasida hech qanday mojaro yo‘q. Qizlar bir-biriga xolis va ijobiy munosabat namoyish etishmoqda”, - degan edi Darya.

Tanlov g‘olibi Tatyana Akulenkoga oltin suvi yuritilgan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan maxsus toj hamda Yevropa bo‘ylab bir haftalik sayohat sovg‘a qilindi.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik qiz «Miss SNG Instagram» unvoniga sazovor bo‘ldi (foto)