10:57 / 09.08.2018
20 872

Xonanda Manzura yashirincha turmushga chiqdi?!

Xonanda Manzura yashirincha turmushga chiqdi?!
“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevaning turmushga chiqishi bilan bog‘liq savollar necha yillardirki muxlislarini qiynab keladi. Xonanda jurnalistlarning oila bilan bog‘liq savollaridan qochmas, taqdiriga bitilgan kunda turmushga chiqishini aytardi. Xonanda bergan so‘nggi intervyusida agar turmush qurib, ikki yil o‘tmay ajrashadigan bo‘lsa, bunday oilani qurmaslikni ma’qul ko‘rayotganini aytgandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Manzura Yo‘ldosheva turmushga chiqqan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.

Uning Instagram’ga joylashtirgan so‘nggi suratiga muxlislaridan biri “Qachon turmushga chiqasiz”, deb savol yozib qoldirgan. Manzura esa bu savolga “Nimaga ikkinchi marta turmushga chiqishim kerak. Men turmushga chiqqanman”, deb javob bergan.

Manzuraning ushbu javobidan keyin unga turli savollar yog‘ilyapti. Nima uchun oilasini, turmush o‘rtog‘ini xalqdan yashirayotganini so‘rashyapti. Hatto, agar otasining vafotidan avval turmushga chiqqan bo‘lsa, to‘g‘ri qaror qilganini olqishlayotganlar ham bor. Biroq Manzura bu borada boshqa so‘z ochmagan.

Eslatib o‘tamiz, Manzura Yo‘ldoshevaning otasi – O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev joriy yilning 8 iyul kuni 84 yoshida olamdan ko‘z yumgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Manzura yashirincha turmushga chiqdi?!