18:46 / 10.08.2018
7 552

Nargiz Zokirovaning yangi klipida qaysi o‘zbek aktyorining qizi suratga tushgan? (foto, video)

Nargiz Zokirovaning yangi klipida qaysi o‘zbek aktyorining qizi suratga tushgan? (foto, video)
Nargiz Zokirova va Basta «Proщay, lyubimыy gorod» nomli taronaga videoklip suratga oldilar. Klipda bosh rollardan birini taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshevning qizi Iris Yo‘ldosheva ijro etgan.

Yosh aktrisa suratga olish jarayoni va taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Iris Yo‘ldosheva:
«Klipda ishtirok etishimga Javohir amakim (Javohir Zokirov) va Shahrizod xolam (Shahrizoda Zokirova) sabab bo‘ldilar. Mendan Moskvaga sinov uchun videolavha jo‘natishimni so‘radilar, men juda katta hayajonda edim va nima deyishni, nimani ko‘rsatishni bilmasdim. Men uchun bu katta hodisa edi. Klip uchun sochimni kesishdi. Suratga olish jarayoni juda qiziqarli va yorqin o‘tdi».

Qo‘shiq matni va musiqasi Maksim Fadeyevga tegishli bo‘lib, Nargiz prodyuserlik vazifasini bajargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nargiz Zokirovaning yangi klipida qaysi o‘zbek aktyorining qizi suratga tushgan? (foto, video)