“Million” jamoasining sobiq, “Bravo” kulgu jamoasining a’zosi Umid Umarov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida jamoaning nomi nima sababdan o‘zgarganini aytib o‘tdi.
“Boshida biz «Milliy Art” degan zo‘r jamoa qilamiz, kuchli jamoa bo‘ladi, deb harakat qilganmiz. “Milliy Art” degani milliy san’at degan ma’noni anglatadi, ammo biz hali milliy san’at darajasidagi aktyor bo‘lib yetishmadik. Bu narsani orqasida juda ko‘p mehnat yotganini bilib turib, “Bravo” nomiga to‘xtaldik. Mabodo “Milliard” degan ma’nosi bo‘ladigan bo‘lsa ham, o‘zimiz tashkil bo‘lishida hissa qo‘shgan, jipslashgan “Million” jamoasining nomiga “ziddiyat keltirib chiqaradi”, degan ma’noda, yengil, kimgadir mas’uliyat yuklamaydigan, yaxshi narsa ko‘rsatilganda odamlar “bravo deb yuboradigan” nomni jamoaga tanlashga qaror qildik. Kelinglar, ko‘ringlar, mazza qilib, bravo deb chiqib ketinglar».
Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi
Ma’lumot uchun, “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi 11—16 sentyabr kunlari Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi