14:47 / 29.08.2018
6 515

Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar mukofotlandi

Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar mukofotlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni imzolandi.

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;

Ahmedov Yoqub – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori;

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich – Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati;

Joʻrayev Sherali – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;

Zakirov Farrux Karimovich – “Yalla” ansambli badiiy rahbari;

Otajonov Ortiq – Oʻzbekiston xalq artisti;

Sagdiyev Yodgar Xabibovich – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori;

Usmonova Yulduz Ibragimovna – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar mukofotlandi