13:50 / 30.08.2018
7 905

Emomali Rahmon Sherali Joʻrayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi

Emomali Rahmon Sherali Joʻrayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, taʼlim va sanʼat vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimi bugun Dushanbeda boʻlib oʻtdi. Taqdirlanganlar maxsus reys bilan bilan Tojikistonga tashrif buyurdilar. Mukofotlarni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon shaxsan oʻzi topshirdi.

Marosimda Sherali Joʻrayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi.

Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” oʻzbek milliy maqom sanʼati boʻlimi xodimi Mavluda Halilovaga ham shunday yuksak unvon topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Emomali Rahmon Sherali Joʻrayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi