23:13 / 01.09.2018
5 873

Rejissyor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorlanmoqda

Rejissyor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorlanmoqda
Rejissyor Jahongir Ahmedov uch yil davomida suratga olinadigan, 100 qismli tarixiy serial ustida ish boshladi. Bu haqda rejissyor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Islomxoʻja” tarixiy badiiy-publisistik filmi bizning jamoamiz uchun katta dars boʻldi. “Islomxoʻja” filmidan soʻng koʻplab mutaxassislar, ustozlar va, ayniqsa, filmni tomosha qilishga ulgurgan tomoshabinlar tomonidan film ijodkorlari tarixiy serial olishga tayyor ekan, degan fikrlar, talablar bois serial suratga olishga dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladik.

Jahongir Ahmedov, rejissyor

Rejissyor mazkur serialda chet ellik kino ijodkorlar hamda aktyor va aktrisalarni jalb qilmasligini quyidagicha izohladi.

Oʻzimizning tariximizni faqat va faqat oʻzimizning aktyor va aktrisalarimiz ijro etishini xohlayman. Axir aktyor va aktrisalarimiz tarixiy filmlarda suratga tushishni necha yillardan buyon kutishmoqda. Shunday imkoniyat tugʻilganda biz rejissyorlar chet ellik jahon kinoyulduzlariga murojaat etsak, bu adolatdan boʻlmaydi, deb hisoblayman.

Jahongir Ahmedov, rejissyor

Rejissyor mazkur serialning qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini sentyabr oyining oʻrtalarida maʼlum qilishini aytdi.

Hozircha serial aynan qaysi tarixiy shaxs yoki davr haqidaligini ijodiy jamoamiz siri boʻlgani sababli maʼlum qilolmayman. Ammo serial taxminan besh fasldan iborat boʻlib, har fasli 20 qismli, jami 100 qismli katta va keng qamrovli serial boʻladi. Bu serialda nafaqat oʻsha davrda yurtimizdagi jarayon, balki qoʻshni davlatlardagi jarayonlar ham aks etadi. Shu nuqtayi nazardan serial keng qamrovlilik kasb etadi.

Biz tarixiy serial suratga olishga tayyormiz. Ayni kunlarda serialga homiylik qilishni xohlagan tashkilotlar, brendlar hamda homiylar bilan muzokoralar boʻlib oʻtmoqda. Katta va keng qamrovli tarixiy serial katta mablagʻ hisobiga suratga olinishi barchaga maʼlum. Shu sababli biz bu jarayonga alohida eʼtibor qaratishga, homiylar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Jahongir Ahmedov, rejissyor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rejissyor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorlanmoqda