14:57 / 10.09.2018
5 816

Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi

Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi
“Oʻzbekkonsert” qoshidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashda 18 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar koʻrib chiqib, bir qancha kamchiliklar topgan.

Milena Xalilova, Kaniza, Otabek Muhammadzohid, Munisa Rizayeva, Alijon Isoqov, Shaxribonu Axtamova, Javlon Olimov, Poytaxt guruhi, Sanjar Usmonov Zafar Qurbonboyev, hamda xonanda Bexruz Toxirov qoʻshiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan baʼzi juzʼiy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning oʻzlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, baʼzi kadrlardan voz kechish, toʻgʻrilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.

Manzura Yuldasheva ijro etgan “Adashdim” qoʻshigʻining klipdagi ayrim tasvirlarni toʻgʻrilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Ammo kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng qayta topshirish mumkinligi maʼlum qilindi.

Xonanda Baxriddin Zuxriddinov ijro etgan “Dilozorim” qoʻshigʻiga ishlangan videoklip mazmuni bilan qoʻshiq mazmunida uygʻunlik yoʻqligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qoʻshiqqa mos emasligi taʼkidlanib, rad etildi. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan soʻng, Kengashga qayta taqdim etilishi taʼkidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi