Turizm sohasida ham Oʻzbekistonning bir-biridan goʻzal viloyatlarini bor jozibasi bilan xorij auditoriyasiga taqdim etishda ham yangicha yoʻnalishlarni izlashga toʻgʻri kelmoqda. Aynan shuning uchun ham “Koʻk choy” vokal cholgʻu ansambli Italiyalik xonanda Daniyel Pistolozzi bilan hamkorlikda “Muhabbat ila Buxoro” (Bukhara with love) nomli qoʻshiq ishlab, unga Buxoroda klip ishladilar.
Qoʻshiq ikki rus va italyan tillarida kuylangan boʻlib, klipda Buxoro oʻzgacha joziba bilan namoyon qilinadi. Klip “Oʻzbekturizm”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” homiyligida Toʻdakoʻl koʻlida suratga olingan.
Klip Fransiya va Italiya davlatlarida 100 kishilik auditoriyaga namoyish etildi. Klip tomoshasidan soʻng 80 nafar kishi Buxoroga sayohat qilishga katta qiziqish bildirgan, 60 kishi esa yer yuzida shunday goʻzal tabiatli shahar borligini endi bilganini aytgan.
“Bugungi kunda reklamalar bilan odamlarni jalb etish urfdan qoldi. Hozirda yoshlarni Oʻzbekistonga sayohat qilishga jalb etish uchun “Yutub“ga videolar joylash va ularning sevimli xonandalari kliplaridan foydalanish kerak. Biz suratga olgan klip aynan yoshlarbop va uni qoʻl telefoni orqali ham osongina tomosha qilish va boʻlishish mumkin. Yana biz klipda Buxoroni odamlarga his qilish darajasida yetkaza oldik deb oʻylayman. Undan Buxoroning sirliligi va ertaknamo goʻzalligi bor-budi bilan namoyon boʻladi”, deydi klip rejissyori Jasur Shametov.
Ushbu ajoyib klipni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?