16:34 / 14.09.2018
4 891

Oʻzbek kinosida katta yangilik: “Panorama” monopoliyasi tugatildi!

Ўзбек киносида катта янгилик: "Панорама" монополияси тугатилди!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimda bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda. Ulardan eng asosiysi “Respublika kinoprokat markazi” va ularning respublikaning barcha hududlaridagi filiallarining tashkil etilishi boʻldi.

Ushbu markaz oldiga bir qator masalalar qoʻyilganki, ularning yechimi kinoprokat sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. “Respublika kinoprokat markazi” oldida, eng avvalo ekranlarimizga chiqarilayotgan filmlarning prokatini qayta jonlantirish, kino mahsulotlarini mamlakatimizning barcha nuqtalariga oʻz vaqtida yetqazib berish, munosib ijod namunalarini jahon kinobozorlariga taqdim etish va ularda faol ishtirork etish kabi boshqa muhim vazifalar turibdi.

Bugun ushbu tizimda koʻp yillik anʼalarni buzgan, “olamshumul” bir yangilik sodir boʻldi. Yaʼni, bundan buyon kinostudiyalarning mamlakatimizdagi davlat tasarrufida boʻlgan mavjud kinoteatrlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari tugatildi. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirovning “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga koʻra:

- bundan buyon Agentlik tizimidagi barcha kinoteatrlarni milliy va xorijiy filmlar bilan taʼminlash markazlashgan holda “Respublika kinoprokat markazi” tomonidan amalga oshiriladi;

- kinoprokat tizimiga kiruvchi barcha kinoteatrlarda filmlar namoyishini tashkil etish xususiy kino ishlab chiqaruvchilar (studiyalar) va distribyuterlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida “Respublika kinoprokat markazi” tomonidan amalga oshiriladi.

Endilikda kinoprokat tizimiga kiruvchi Agentlik tizimidagi va boshqa kinoteatrlarda “Respublika kinoprokat markazi” bilan prokat shartnomalari tuzilmagan va repertuar rejaga kiritilmagan filmlar namoyishini amalga oshirish mumkin emas.

Agentlik tizimidagi “Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi”ga (Toshkent shahri) va “Sharq yulduzi kinoteatri”ga (Samarqand shahri), “Alisher Navoiy nomli kinoteatr” (Fargʻona shahri) qarashli boʻlgan barcha kinoafisha stendlari yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlash uchun operativ boshqaruv asosida “Respublika kinoprokat markazi” ixtiyoriga oʻtkazib beriladi va ular zamonaviy elektron stendlarga bosqichma-bosqich almashtiriladi.

Shu bilan birga, tizimda shaffoflikni taʼminlash maqsadida kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat elektron tarmogʻiga ulanadi va ularda elektron kinochiptalarni yuritish avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi.

Oʻzbek kinosining sifati va saviyasi haqida gap ketganda tilga olinadigan asosiy muammolardan biri – filmlarning mavzusidan tortib, janrigacha, davomiyligidan tortib, to unda kimlarningdir buyurtma asosida “tezda mashhurlikka erishish” uchun asosiy rollarni ijro etishiyu, hatto repertuar siyosatini belgilashi shu kunga qadar ayrim kinostudiyalar va monopol kinoteatrlar qoʻlida boʻlganligi sababli kelib chiqqanini nazarda tutadigan boʻlsak, demak endi oʻzbek kinosida yangi davr boshlanayotganiga ishongimiz keladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oʻzbek kinosida katta yangilik: “Panorama” monopoliyasi tugatildi!