22:50 / 14.09.2018
8 589

Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi

Миллий маданиятни янада ривожлантириш концепцияси тасдиқланади
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2018–2022 yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

2018–2022 yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi;

2018–2022 yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanishi mumkin.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar sifatli hamda toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyiladi.

Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish;

tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda qoʻllash;

anʼanaviy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish, etnik madaniy anʼanalarni asrab-avaylash va unga asoslangan xalq ijodiyotini qoʻllab-quvvatlash;

aholi, shu jumladan yoshlarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, ijod erkinligini taʼminlashga erishish;

madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, milliy madaniyatni yanada keng tadqiq va targʻib etish jarayonida innovatsion gʻoyalar va texnologiyalardan samarali foydalanish;

madaniy hayotda faol ishtirok etish va madaniyat sohasidagi xizmatlardan toʻliq foydalanishda fuqarolarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy tengligini taʼminlash;

boshqa xalqlar madaniyatlari bilan oʻzaro ochiq munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, madaniyatlararo munosabatlarda teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishni yanada rivojlantirish;

qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qarorlarning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini taʼminlash;

madaniyat va sanʼat muassasalarini toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, obyektlarni saqlash hamda muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi hamda tizimli monitoringi, ularning ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berilishini taʼminlaydi;

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni aniq koʻrsatkich va natijalarni koʻrsatgan holda muntazam ravishda tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilishi choralarini koʻradi;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, milliy madaniyatni yanada rivojlantirish boʻyicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga jalb qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi