17:20 / 28.09.2018
26 148

Raʼno Yarasheva Yodgor Saʼdiyev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi (video)

Raʼno Yarasheva Yodgor Saʼdiyev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi (video)
Bir necha haftadan buyon sanʼat shinavandalari orasida “Aktrisa Raʼno Yarasheva hoji ona boʻlgach, sanʼatni tark etibdi. Endi kinolarda oʻynamas ekan”, “Raʼno Yarasheva va aktyor Yodgor Saʼdiyevning toʻyi boʻlibdi” kabi mish-mishlar keng tarqalib, muhokamalar boʻlayotgani koʻpchilikka maʼlum. Jurnalist Mirolim Isajonov Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarasheva bilan bogʻlanib, ushbu gap-soʻzlar qanchalik rost ekanligiga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda “Daryo.uz” nashri.

«Xabaringiz bor, shu yilning fevral oyida Umra ziyoratiga borib keldim. Turli tadbirlar, ijodiy kechalarga roʻmol oʻrab borayotganimni ʻhazmʻ qilolmayotganlar ham bor ekan. Sanʼatni tark etganim yoʻq. Bunday niyatim mavjud ham emas. Teatrda bir qancha sahna asarlarida ishtirok etyapman. Ammo kinofilmlarga haligacha takliflar boʻlmadi. Menga maʼqul keladigan ssenariylar qoʻlimga tushsa, bajonidil rozi boʻlaman.

Ochigʻi, Yodgor aka bilan oila qurganimiz haqidagi gaplarni eshitib, ajablandim. Bir necha kundan beri shu soʻzlardan boxabar boʻlgan sodda muxlislarim qoʻngʻiroq qilib, tabriklashyapti ham. Yodgor Saʼdiyev bilan aka-singildekmiz, hamkasbmiz xolos. Oramizda bunday boʻlmagʻur mish-mishlarni keltirib chiqaradigan hech qanday asos yoʻq. Kimlarningdir nomini qora qilib, boʻxton tarqatadiganlar bu orqali nimalarga erishar ekan, xayronman. Bu kabi insonlarga Yaratgandan faqatgina insof soʻrayman», — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Raʼno Yarasheva Yodgor Saʼdiyev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi (video)