2000 yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlarida yuz bergan qonli voqealar tasvirlangan “Hayot” badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Uni “Oʻzbekkino” milliy agentligi “Vatan” kinostudiyasida rejissyor Hilol Nasimov suratga olgan.
Filmning premyerasi avvalida harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Yangi kinoasar vatan tinchligi hamda xavfsizligini taʼminlash maqsadida mamlakat chegaralarida sobit turgan askarlarning qahramonligi haqida. U chegarani buzib oʻtgan terrorchi guruhlarga qarshi kurashib halok boʻlgan oʻzbek askarlarining xotirasiga bagʻishlangan.
Premyera oldidan jasorat koʻrsatib halok boʻlgan askarlarning oila aʼzolari sahnaga taklif etilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Filmda Hayot ismli askar yigit boʻlib, u toʻyi kezlari Fargʻonadan Toshkentga boshliqlarini toʻyga aytmoqchi boʻlib keladi, lekin favqulodda jang boshlanib qoladi va taʼtilda boʻlishiga qaramay Hayot ham urushga jalb etiladi. Asosiy voqealar shundan keyin boshlanadi.
“Hayot” filmini 29 sentyabrdan boshlab barcha kinoteatrlarda tomosha qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi