Toshkentda Oʻzbekiston-Rossiya media-forumi oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi davlat va nodavlat OAVlari rahbarlari, taniqli ijodiy xodimlar, jurnalistika va axborot texnologiyalari yoʻnalishi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy talim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, talabalar qatnashmoqda.
«OʻzA» nashri xabar berishicha, media-forumida Rossiyaning eng yirik telekompaniyasi – “NTV-Plyus” bosh direktori Mixail Dyomin ham ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda “NTV-Plyus” — sunʼiy yoʻldosh raqamli televideniye (HDTV)ning 270 ta kanalini oʻzida jamlagan, Rossiya bozorida muvaffaqiyat qozongan yetakchi kompaniyalardan.
“Oʻzbekiston-Rossiya media-forumi ilk bora oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakatning media sohasi boʻyicha faol hamkorlik qilishida koʻprik vazifasini oʻtaydi. Biz oʻzaro muloqotda kompaniyamizning telekommunikatsiya sohasidagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdik”, — dedi nashrga bergan intervyusida Mixail Dyomin.
Toshkent taassurotlari bilan oʻrtoqlashsangiz, degan savolga:
— Bilasizmi, men Toshkentda tugʻilganman, u mening ona shahrim, bolaligim yodgorligi. Doim “Farhod” bozoridan bozor-oʻchar qilardik. Buvimni aytmaysizmi, sof oʻzbek tilida gaplashardi. Bularning bari kechagidek yodimda, — deb javob qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?