10:25 / 12.10.2018
6 818

Anushka Sharma: “Erim bilan birga boʻlishga vaqt topolmayapman…”

Anushka Sharma: “Erim bilan birga boʻlishga vaqt topolmayapman…”
Anushka Sharma va Varun Dxavan yangi filmi — “Sui Dhaaga — Made In India”ning treylerini taqdim etdi. Film “Yash raj Films” banneri bilan chiqdi deb yozadi “Hordiq” nashri.

Anushka bu loyihada kashtachini, Varun esa uning eri — tikuvchini oʻynagan.

Treyler taqdimotida Anushka jurnalistlar bilan muloqot qildi. Oʻzinikidan farq qiluvchi uy bekasi hayoti haqidagi savolga aktrisa shunday javob berdi: “Men 15 yoshimdan beri ishlayman, hozir ishlayapman, turmushga chiqqanimdan keyin ham ishni tashlamadim. Ammo rejissyor Sharat Katariya menga bergan bu uy bekasi oʻzimni erli ayol sifatida his qilish va uyga qarashni esimga soldi. Men bu ishni avval qilmaganman. Toʻydan keyin erim bilan oʻtkazadigan boʻsh vaqtim ham deyarli yoʻq”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Anushka Sharma: “Erim bilan birga boʻlishga vaqt topolmayapman…”