11:56 / 13.10.2018
3 954

Ulugʻbek Rahmatullayev: “Oʻzimga oʻzim yoqmayman!”

Ulugʻbek Rahmatullayev: “Oʻzimga oʻzim yoqmayman!”
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” koʻrsatuviga tashrif buyurgan xonanda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ulugʻbek Rahmatullayev oʻz hayoti va ijodi haqida quyidagilarni soʻzlab berdi.

“Hozir ilk ijodim namunalarimni tomosha qilsam, oʻzimni koʻrgim kelmaydi. Juda ajoyib uslubda boʻlganman (kulib), sochlarim jingalak, qarashlarimni kuzatsam, oʻsha paytda nimani oʻylagan ekanman, degan xayolga boraman. Biroq oʻtmishimga nazar solsam, qiyinchiliklarga uchraganim, insonlarning menga ishonmaganlari esimga tushadi. Lekin hozir hamma sinovlardan oʻtganimga shukr qilaman.

Yillar otamga oʻxshab borayotganimni sezishimga yordam beryapti. Otamning suratlariga qarasam, ularda oʻziga xos hatti-harakat, sifatlarni koʻraman. Menda ham bu oʻxshashliklar borgan sari sezilmoqda, oʻtirishim, koʻz qarashilarimga eʼtibor bersam, otamga oʻxshab qolibman deyman. Hattoki bugungi kunda sochlarimda oq tolalar ham koʻrinib qolibdi. Buni koʻrgan otam “Tabriklayman, oʻgʻlim sochingizga oq tushibdi”, dedilar. Men padari buzrukvorimning bu soʻzlaridan ilhomlanib, “Ota” taronasini ijro etdim.

15-20 yillab farzand koʻrmagan oilalar xizmatiga borib qolsak, “Chaqaloqlar” taronam yangrashi bilan ularning oʻzlarini tutishlarini koʻrsangiz edi. Butun xonadon egalari ularga qoʻshilib koʻz yosh toʻkishadi. Baʼzan ortimga qarasam, sozandalarim ham yigʻlayotgan paytlar boʻladi. Balkim yillar oʻtib, meni hech kim eslamas, ammo insonlarning dil tubiga yetib borgan bu qoʻshigʻimning umri boqiydir. Ijodkor oʻldim-kuydimdan tashqari hayotiy mavzuda ham qoʻshiq kuylashi, uni eshitgan odamning yashashga ishtiyoqi oshishi, qalbi quvonchga toʻlishi lozim, deb hisoblayman”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulugʻbek Rahmatullayev: “Oʻzimga oʻzim yoqmayman!”