23:15 / 15.10.2018
4 694

Taniqli sanʼatkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi

Taniqli sanʼatkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hamda “Oʻzbekkonsert”davlat muassasasi yana bir xayrli ishga qoʻl urdi. Shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli sanʼatkorlar oʻz xohishlariga koʻra otaliqqa olishdi.

“Oʻzbekkonsert” matbuot xizmatining xabar berishicha, xalqimiz suyugan xonanda Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Bahrom Nazarov shahrimizdagi Xlebushkina nomidagi 22-mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilari huzurida boʻlishdi. Har oyda oʻtkaziladigan bu uchrashuvdan murod mehr-muruvvatga mushtoq koʻngillarga zavq, quvonch, shodlik ulashish boʻlsa, ikkinchidan u yerda oʻsib voyaga yetayotgan bolajonlar orasidan sanʼatga, musiqaga qiziquvchi, isteʼdod egalarini kashf etib, ularga ham moddiy, ham maʼnaviy koʻmak berish, “mahorat dars”larini oʻtkazib, ularga sanʼat sirlarini yaqindan tanishtirib, oʻrgatishdir.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Jizzax viloyati Zomin tumani, Yom qishlogʻida joylashgan “Ayollar” muruvvat uyida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va qiziqchi Shukurullo Isroilov ishtirok etib, oʻzlarining konsert dasturlari bilan koʻngillarni quvonchga toʻldirishdi. Uchrashuv soʻngida muruvvat uyiga sovgʻalar tuhfa etishdi.

Ezgu soʻz, ezgu amal, ezgu ish, ezgu niyatlar ila boshlangan bu xayrli ish xali uzoq davom etib, necha-necha koʻngillarga malham boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli sanʼatkorlar mehribonlik va muruvvat uylarini otaliqqa olishdi