12:30 / 19.10.2018
4 725

O‘zbek filmi Gollivud durdonalari qatoriga qo‘yildi

O‘zbek filmi Gollivud durdonalari qatoriga qo‘yildi
“Kino – bu eng zerikarli narsalar kesib tashlangan hayotdir”. O‘zbekistonlik rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” filmi premerasidan so‘ng amerikalik muxlislardan biri “Oskar” mukofoti laureati bo‘lgan afsonaviy rejissyor Alfred Xichkokning yuqoridagi so‘zlarini eslab o‘tdi.

Milliy kartinamiz birinchi namoyishi AQShning 28-prezidenti Vudro Vilson sharafiga qurilgan yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Filmdan so‘ng qizg‘in kechgan muhokamalarda V.Vilson markazi direktori Metyu Royanski, yozuvchi Natali Ruland, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va rejissyor Jahongir Ahmedov ishtirok etdi.

Orasida taniqli rejissyorlar, ssenariynavislar, prodyuserlar, kinotanqidchilar, rassomlar, san’atshunoslar, yozuvchilar, shuningdek, Vashingtondagi rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari bo‘lgan 200dan ortiq tomoshabin nafaqat film qanday suratga olingani, u tarixiy haqiqatlarga qay darajada mos tushishi, balki O‘zbekiston kinematografiyasi rivojlanish istiqbollariga ham katta qiziqish bildirdi.

Mehmonlar o‘zbek rejissyori ijod mahsulini yuqori baholashib, uni Gollivud filmlari qatoriga qo‘yishdi. Bunday filmlar yuqori bahoga loyiqligi va jahon kinoindustriyasining ajralmas qismi ekanligi e’tirof etildi. Uchrashuvda shu kabi o‘zbek kartinalarini Amerika ekranlariga chiqarish uchun kinoprokat imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek filmi Gollivud durdonalari qatoriga qo‘yildi