00:47 / 22.10.2018
4 753

Firibgar Munisa Rizayeva konsertidan tushgan $18.000 va 48.000.000 so‘mni «uxlatdi»

Firibgar Munisa Rizayeva konsertidan tushgan $18.000 va 48.000.000 so‘mni «uxlatdi»
19 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi D.S. Namangan viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25 iyun kuni Namangan shahrida, 26 iyun kuni Fargʻona shahrida va 27 iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizayevaning “Yomgʻir” deb nomlangan konsert dasturini oʻtkazib berib, har bir dastur uchun 6.000 AQSH dollari, jami 18.000 AQSH dollarini olib unga bermaganligi, shuningdek A.E. 25 iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini oʻtkazib, 2.400 nafar fuqarolarga sotilgan jami 48.000.000 soʻmlik chipta pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Firibgar Munisa Rizayeva konsertidan tushgan $18.000 va 48.000.000 so‘mni «uxlatdi»