13:53 / 26.10.2018
4 333

Rossiyalik xonanda Valeriya: O‘zbekistonning «Scorpion» filmi ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi

Rossiyalik xonanda Valeriya: O‘zbekistonning «Scorpion» filmi ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi
Foto: «Sputnik»

Rossiyalik taniqli xonanda Valeriya rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan «Scorpion» filmi uchun saundtrek kuyladi. Xonanda «Sputnik» agentligiga bergan intervyusida ushbu hamkorlikdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«‘Scorpion’ — O‘zbekistonda yilning bosh filmi, bu kinoasar bilan hamma faxrlanyapti. Ushbu film ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi», — dedi Valeriya.

Filmning O‘zbekistondagi premerasi noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan. Rossiyalik xonanda ushbu film yaqin vaqt ichida Rossiya prokatiga chiqishiga ham shubha qilmasligini bildirdi.

«Scorpion» filmi yoshlar orasidagi xalqaro jinoyatchilik haqida hikoya qiladi. Tasvirga olish ishlari O‘zbekiston, Rossiya va Marokashda bo‘lib o‘tgan. Filmda O‘zbekiston, Turkiya va Rossiya kinosi yulduzlari suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik xonanda Valeriya: O‘zbekistonning «Scorpion» filmi ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi