17:12 / 27.10.2018
3 976

“Beaql Greta” sirlari ochildi (foto)

“Beaql Greta” sirlari ochildi (foto)
O‘n sakkiz oy davomida olib borilgan restavratsiya ishlari natijasida “Beaql Greta” suratiga doir sirlar ochildi. Niderlandiyalik Katta Piter Breygel mo‘yqalamiga mansub bu san’at asari rassom vafotiga 450 yil to‘lishi munosabati bilan restavratsiya qilina boshlangan edi.

Tadqiqot ishlari madaniy yodgorliklar bo‘yicha Bryussel Qirollik instituti mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Mazkur jarayonlar davomida surat bilan bog‘liq bir qancha qiziqarli jihatlar oshkor etildi.

Birinchidan, restavratorlar “Beaql Greta”ning chizilgan sanasiga aniqlik kiritishdi. Buning uchun suratdagi bir nechta bo‘yoq qatlamlari maxsus uslub bilan shilib chiqilgan. Aniqlanishicha, surat shu vaqtgacha rasman tasdiqlangan sanada emas, undan ikki yil keyin – 1563 yilda chizilgan.

Bundan tashqari, surat panelidagi “Dulle” (“beaql”) yozuvi Breygel tomonidan yozilmagani aniqlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu yozuv suratga rassom hayotidan ancha yildan keyin kiritilgan.

Restavratsiyadan keyin Katta Breygelning eng mashhur suratlaridan biri hisoblangan “Beaql Greta” o‘zgacha ochilgani va ko‘rinishda aniqlik kasb etgani ta’kidlanmoqda. Qayta ishlov jarayonida portretdagi tabiat manzarasi yanada yorqinlashganidan keyin ko‘zga tashlangan ranglar palitrasi mazkur surat Breygelniki ekanligiga boshqa shak-shubha qoldirmagani tan olindi.

Ayni vaqtda “Beaql Greta” Venadagi Tarix muzeyiga qo‘yildi. 2019 yilda mazkur panel Antverpendagi Mayer van den Berg muzeyiga qaytariladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Beaql Greta” sirlari ochildi (foto)