00:53 / 01.11.2018
4 081

“Tun bag‘ridagi ayol” suratining siri topildi

“Tun bag‘ridagi ayol” suratining siri topildi
Bukingemshirda yashovchi 82 yoshli Barbara Uitaker ispan syurrealist rassomi Joan Mironing bir necha mln dollarga baholangan surati sirini topdi.

Rassomning “Tun bag‘ridagi ayol” kartinasi bilan bog‘liq mazkur yangilik tadqiqotchilar uchun kutilmagan holatni yuzaga keltirdi.

Bundan bir muddat ilgari “Telegraph” gazetasi rassomning 18 mln AQSh dollariga baholangan “Tun bag‘ridagi ayol” kartinasi yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida so‘rov tashkil etgan. Unda nima sababdan kartinadagi tun oq rangda, osmondagi egri-bugri belgilar nimani anglatadi kabi savollar berilgan.

Kartinani savdoga qo‘yayotgan “Phillips” auksion uyi ekspertlari o‘z izohlarida suratdagi ayri chiziqni urib tushirilgan uchoq tutuni sifatida qayd etib kelganlar. Chunki bu surat rassomning Ikkinchi Jahon urushi davrida yaratgan asarlari seriyasiga kiradi.

Ammo kartinani sinchiklab o‘rgangan Barbara Uitaker bu boradagi o‘z xulosasini tahririyatga yo‘llagan. “Men surat chizishni umuman bilmayman. Ammo osmondagi ayri yozuv rassomning o‘z ismi bo‘lishi kerak, deb uylayman” deb yozgan u. Barbara Uitaker tahririyatga yuborgan ilovasida “Miro” so‘zini ko‘rish mumkin.

Tahririyat bu tahminni tekshirish uchun “Phillips”ga murojaat qilgan. Ekspertlar rassomning 14 ta suratini ham sinchkov tekshiruvdan o‘tkazib, bunday belgilar boshqa suratlarda ham borligini topishgan. Miro o‘z kartinalarida bir nechta piktogramma yoki ideogrammalar qo‘llab kelgani aniqlangan.

Endi "Phillips” ekspertlari Miro bunday piktogrammalardan qanday va nima maqsadda foydalangani bo‘yicha yangi tadqiqotlarni boshladi.

“Tun bag‘ridagi ayol” 15 noyabrda Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan auksionda sotiladi. O‘tgan yil Joan Mironing “Ayol va qush”(1940 yil) kartinasi 24,6 mln funt sterlingga sotilib, mazkur valyuta savdosida rekord o‘rnatgan. Uning eng qimmat asari “Kartina (Ko‘k yulduz)” abstraksiyasi bo‘lib, bahosi 36,9 mln dollarga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Tun bag‘ridagi ayol” suratining siri topildi