11:26 / 02.11.2018
6 515

Toshkentda modalar haftaligi o‘tkaziladi

Toshkentda modalar haftaligi o‘tkaziladi
Go‘zallik va nafosat shaydolari uchun kuz faslining betakror tuhfalari bisyor. Poytaxtimizda joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Toshkent modalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

"Osiyo ramzi" O‘zbekiston Respublikasi dizaynerlar va modelerlar uyushmasi tashkil etayotgan haftalik doirasidagi tadbirlarga dunyoning bir necha davlatlaridan sohaga oid taniqli mutaxassislar, yetakchi dizayner va ekspertlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Dasturga binoan Milliy liboslar festivali, Modalar namoyishi, yosh dizaynerlar tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning ko‘rgazmali chiqishlari, xayriya aksiyasi kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, xorijiy va mahalliy dizaynerlarning “master-klass”lari, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ko‘rgazmalari barchada katta taassurot qoldirishi aniq. Shuningdek, O‘zbekistonda ilk marta Moda haftaligi doirasida Xitoy elchixonasi bilan birgalikda dizayn va soha bo‘yicha innovatsiyalarga bag‘ishlangan "Xitoy modasi kuni" va Xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Moda haftaligi liboslar olamida o‘zbek moda brendini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, dizaynerlarga o‘z kolleksiyalarini namoyish etish va tomoshabinlarga zamonaviy moda an’analarini baholash imkoniyatini beradi. Moda haftaligining tadbirlari professional muhitni shakllantirishga, global moda sanoatining xalqaro hamkorlik hududini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, ushbu modalar haftaligi iste’dodli dizaynerlar, hunarmandlar va mutaxassislarni yuzaga chiqaradi va birlashtiradi. Haftalik o‘zbek liboslarining betimsol zamonaviy ruhdagi bejirimligi va qadimiy an’analarning uzviyligini yana bir bor namoyish qiladi. Soha ixlosmandlari va ishtirokchilar qiziqarli hamda kutilmagan, eksklyuziv moda dunyosi yangiliklari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda modalar haftaligi o‘tkaziladi