22:55 / 02.11.2018
5 050

Timati O‘zbekistonda ilk bor yakkaxon konsert beradi

Timati O‘zbekistonda ilk bor yakkaxon konsert beradi
Timati Toshkentda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert 27 noyabr kuni “Karting Center Anhor Lokomotiv Park”da bo‘lib o‘tadi.

Dastur tashkilotchilarining ushbu shou yorqin tarzda o‘tishiga ishonchlari komil. Timati o‘zining xit qo‘shiqlari: "Lada sedan – baklajan", "Klyuchi ot raya", "Gde tы, gde ya", "Ya budu jdat"ni ijro etishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda Timati san’atining muxlislari bisyor. Bunga uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilarini misol qilib keltirish mumkin. Timatining Instagram sahifasiga 500 mingga yaqin o‘zbekistonliklar obuna bo‘lishgan va ijodini kuzatib borishadi.

Oldinroq kuz oylarida Timati Toshkent markazida Black Star Burger restoran tarmog‘ini ochishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Timati O‘zbekistonda ilk bor yakkaxon konsert beradi