Melburnlik rassom Linn Saveri o‘zining shaxsiy portreti uchun Dag Moren milliy portret mukofotiga loyiq deb topildi. Mazkur kartina uchun musavvirga 150 ming Avstraliya dollari mukofot puli taqdim etildi.
Portret orqali Linn Saveri jamiyatdagi gender me’yorlariga o‘z munosabatini bildiradi. Bu uning ijodidagi birinchi portreti hisoblanadi.
Saveri ushbu asarning qanday paydo bo‘lganini quyidagicha bayon qiladi: “Men o‘zimni qanday qo‘rishim mumkinligini bilmoqchi edim. Davomiy tashvishlar qurshovida qolganim uchun ham o‘z portretimni chizishni xohladim. Depressiya doirasi men uchun qanday ta’sir etishidan qat’i nazar hayotni yaxshi ko‘raverardim. Shunday paytda menda aynan nimalar ko‘rinishini bilishni xohladim va bu zulmatga o‘xshamasligidan sevindim”.
Portretda Saverining oyoqlari yonida ingliz buldogi tasvirlanadi. “U mening yaxshi do‘stim va bu ijodiy ishda uning jismoniy va hissiy ishtirokini istardim”, – deydi musavvir. Uning ushbu portreti Prudens Flint, Ben Kvilti, Tim Store, Fiona Louri kabi 30 ta finalchi musavvirning san’at namunalarini ortda qoldirgan.
“Biz rasmda inson va hayvonning qanday joylashganiga e’tibor berdik, – deydi Ron Radford. – Portret tomoshabinga bevosita ta’sir ko‘rsata olardi. Undagi ranglar va obrazlar uyg‘unligi har qanday odamni qiziqtira oladi”.
Linn Saverining ushbu portretini soha vakillari “Savdoyi ko‘zlar tafsiloti” deya e’tirof etadi. Shuningdek, asardagi emotsiyalarning o‘ziga xos aks etganligi, hayotning vizual hikoyalarini bo‘yoqlar orqali anglatishga harakat qilinganligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi