00:04 / 08.11.2018
6 686

“Tirilish. Ertug‘rul”serialini 3 milliard kishi kuzatmoqda

“Tirilish. Ertug‘rul”serialini 3 milliard kishi kuzatmoqda
Mashhur “Tirilish. Ertug‘rul”serialini jahon bo‘ylab 85 dan ortiq mamlakatda 3 milliard kishi tomosha qilmoqda. Turk ijodkorlari suratga olayotgan ushbu serial dunyoning 25 tiliga tarjima qilingan.

To‘rt mavsumni ortda qoldirgan serialning beshinchi mavsumiga bugun start beriladi. Turk OAV ma’lumotiga ko‘ra, yangi mavsum uchun katta jamoa juda katta kuch sarflab, bir necha oy davomida mehnat qilgan. Masalan, yangi mavsum sahnalari suratga olinishi kerak bo‘lgan Suyut shahriga o‘xshash shaharni (shahar dekoratsiyasi va jang maydonlari) barpo etish uchun 250 kishilik jamoa mehnat qilgan.

Turkiyaning rasmiy TRT1 telekanalida namoyish etiladigan serial yangi mavsumda o‘tgan mavsum nihoyasidan 15 yil keyingi voqealarni hikoya qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, serial uchun ushbu mavsum oxirgisi bo‘ladi. Keyingi yil yangi mavsumda serialning mantiqiy davomi usmoniylar sulolasi asoschisi Usmon ibn Ertug‘rulning hayotini hikoya qiluvchi «Tirilish. Usmon g‘oziy» seriali namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Tirilish. Ertug‘rul”serialini 3 milliard kishi kuzatmoqda