04:13 / 09.11.2018
3 697

Netflix «Maugli» treylerini taqdim etdi (video)

Netflix «Maugli» treylerini taqdim etdi (video)
Netflix Redyard Kiplingning «Jungli kitobi»ga asoslangan «Maugli» sarguzasht filmi (Mowgli: Legend of the Jungle) treylerini taqdim etdi, deb yozadi Daryo.

Film «Uzuklar hukmdori» filmidagi Gollum roli bilan mashhur aktyor va rejissyor Endi Serkis tomonidan suratga olingan. Bo‘rilar voyaga yetkazgan Maugli rolini aktyor Roen Chand ijro etdi. Filmda paydo bo‘luvchi hayvonlarga Benedikt Kamberbetch (yo‘lbars Sherxon), Kristian Beyl (Bagira) va Keyt Blanshett (ilon Kaa) ovoz bergan.

Netflix iyul oyida Warner Bros. kompaniyasidan «Maugli» uchun huquqni sotib olgan edi. 29 noyabr kuni film Los-Anjeles, Nyu-York, San-Fransisko va Londonning ba’zi kinoteatrlarida namoyish etiladi. 7 dekabrdan uni Netflix’da butun dunyo bo‘ylab ko‘rish mumkin.
[media=https://www.youtube.com/embed/OVBjPpUlQrE?start=0]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix «Maugli» treylerini taqdim etdi (video)