20:52 / 09.11.2018
4 125

“Yulduzlar jangi” filmi asosida serial suratga olinadi

“Yulduzlar jangi” filmi asosida serial suratga olinadi
"Disney" kinostudiyasi “Yulduzlar jangi” filmi asosida serial tasvirga oladi deb yozadi Turon24 AA.

Serialni suratga olish ishlari 2019 yilda boshlanadi. Loyiha uchun hali nom tanlanmagan. Bosh rollardan birini meksikalik aktyor Diyego Luna ijro etishi kutilmoqda. Kompaniya boshlig‘i Robert Aygerning so‘zlariga ko‘ra, “serialda shafqatsiz imperiyaning galaktikani o‘z hukmi ostida tutib turishi oqibatida kechadigan shiddatli voqealar tasvirlanadi”.

Serialda Kassion Andor personajining qiziqarli sarguzashtlari ko‘rsatilishi aytilmoqda.

“Yulduzlar jangi” filmining dastlabki 3 qismi rejissyor Jorj Lukas tomonidan 1983 yilda ishlangan. 1990 yillarda yana 3 ta qism qo‘shiladi. 2012 yilda Lukasning “Lukasfilm” kompaniyasini "Disney" kinostudiyasi sotib oldi.

2015 yilda “Yulduzlar jangi 7” katta ekranlarga chiqarilgan va 2 mlrd dollar mablag‘ yiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yulduzlar jangi” filmi asosida serial suratga olinadi