08:56 / 13.11.2018
7 490

Alisher Uzoqov: «Beshta epizodga 100 ming dollar so‘raganman» (video)

Alisher Uzoqov: «Beshta epizodga 100 ming dollar so‘raganman» (video)
Foto: «Daryo»

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘quv teatrida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvni, institutning «Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati» kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo‘ziyev tashkillashtirdi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan «filmingizning moliyaviy byudjetini qoplab berish evaziga rol so‘rab kelgan havaskorlar bo‘lganmi, ularga munosabatingiz qanday», mazmunida berilgan savolga Alisher Uzoqov quyidagicha javob berdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/JtFpRb0yTkA?start=0]
Avvalo mening filmlarimda pulga rol sotib oladiganlarni topa olmaysiz. Ammo bunday taklif bilan kelganlar bo‘lgan. Kelib turib «aka filmingizda, o‘zingizni yoningizda o‘ynaydigan 4-5 ta epizod bersangiz», deyishgan. Xop, «necha so‘m berasiz», deganman. «Aka chin dilimdan chiqarib, 3 ta epizodga 500 dollar beraman» dedi. Xullas 5 ta epizodda sizni o‘ynataman, evaziga 100 ming dollar berasiz dedim. Shu bilan u butunlay, qaytib kelmaydigan bo‘lib ketgan. Bunaqalardan shunday qutilib, haydab yuborish kerak.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissyor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov: «Beshta epizodga 100 ming dollar so‘raganman» (video)