09:38 / 14.11.2018
4 207

“People's Choice Awards” yilning eng yaxshi filmlarini e’lon qildi

“People's Choice Awards” yilning eng yaxshi filmlarini e’lon qildi
AQShda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “People's Choice Awards” tanlovida yilning eng yaxshi filmlari aniqlandi. Unga ko‘ra, “2018 yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasiga “Marvel” kinostudiyasining “Qasoskorlar: boqiy urush” filmi munosib topildi.

Shuningdek, “People's Choice Awards”da boshqa janrlarda yaratilgan eng yaxshi filmlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Jeyms Foulinning “Erkinlikning ellik rangi” kartinasi “Eng yaxshi drama”, rejissyor Suzanna Fogelning “Meni poylagan josus” filmi – “Eng yaxshi komediya”, “Superoila - 2” multfilmi – “Eng yaxshi oilaviy animatsion film” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

“Qora panterra” filmining bosh rol ijrochisi Chedvik Bouzman “Eng yaxshi aktyor”, Skarlett Yoxansson “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyalariga munosib topildi.

“People's Choice Awards” tanlovi 1975 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda g‘oliblar ommaviy tarzda o‘tkazilgan onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. “People's Choice Awards” g‘oliblarining to‘liq ro‘yxatini “Enews” nashri e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “People's Choice Awards” yilning eng yaxshi filmlarini e’lon qildi