Xonanda Shahlo Ahmedova 16 noyabr kuni Instagramdagi o‘z sahifasida “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilinishi haqidagi xabar bo‘yicha izoh yozdi.
“Ochig‘ini aytsam, sodir bo‘layotgan hodisadan shokdaman”, - deb yozdi o‘zbek xonandasi. O‘z postiga xabarning skrinshotini, smaylik va bir necha xeshteglarni qo‘shib qo‘ygan.
Instagram foydalanuvchilari uning izohiga turlicha munosabat bildirishgan, aksariyat mushtariylar Ahmedovani qo‘llab-quvvatlashgan. Instagramda bu masala bo‘yicha munozara avjiga chiqqan.
“Klip menga juda yoqdi, hech qanday nojo‘ya harakatlarni men ham, do‘stlarim ham ko‘rishmadi”, - deb yozadi aleksey.shinyaev.
“Yaxshi klip, hech qanday uyatli joyi yo‘q”, - deb tasdiqlaydi raimkulovanvar.
“Menimcha, “O‘zbekkonsert” majlislarida barcha xonandalarni qanday kliplarni olish mumkin va mumkin emasligi haqida ogohlantirishsa kerak”, - deb qo‘shimcha qildi nigamad19882106.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Shahlo Ahmedova “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»