06:00 / 22.11.2018
4 972

“O‘zbekkonsert” xonanda San Jeyni ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirdi

“O‘zbekkonsert” xonanda San Jeyni ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirdi
“O‘zbekkonsert” soqoli tufayli litsenziya ololmayotganini iddao qilgan xonanda San Jeyni ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirdi. Bu haqda Turon24ga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odil Abduqahhorov ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandalarga litsenziya berishda musiqiy salohiyati va qobiliyatiga qarab baho beradi. Biz San Jeyni video murojaatini ko‘rib chiqdik va uni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz. Ochiq yig‘ilishda jurnalistlar va jamoatchilik vakillarining ishtirokini ham ta’minlaymiz. Xolis eshitish bo‘ladi. Kelsin, mahoratini ko‘rsatsin, ijodiy kengash talablariga javob bersa, unga litsenziya beramiz. Litsenziya berish bermaslikni faqatgina kengash xulosasi hal qiladi”, deydi Odil Abduqahhorov Turon24 bilan suhbatda.

"O‘zbekkonsert" direktorining taklifiga San Jey o‘z munosabatini bildirdi: “Mayli, boraman. Faqat kengash a’zolari safida Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Sherali Jo‘rayev kabi artistlar bo‘lsagina boraman. Chunki men zamonaviy yo‘nalishda ijod qiladigan san’atkorman. U yerda mumtoz qo‘shiqlardan aytib berishimni so‘ragan holda meni ijodimga baho berishlari noto‘g‘ri deb bilaman. Men Checheniston xalq artistiman. Meni zamonaviy estradadan xabardorlar baholasin”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkonsert” xonanda San Jeyni ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirdi