12:05 / 22.11.2018
4 526

Qozog‘istonning “Ayka” filmi “Film fra sør” xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

Qozog‘istonning “Ayka” filmi “Film fra sør” xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi
Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan “Film fra sør” xalqaro kinofestivalida Qozog‘istonning “Ayka” filmi g‘olib bo‘ldi.

Rejissyor Sergey Dvorsevoy suratga olgan kinokartina hay’at a’zolari tomonidan “Yangi ovoz” nominatsiyasiga munosib deb topildi. Taqdirlash marosimida “Ayka” filmi ijodkorlari qatnashmaganligi sababli mukofot Osloda akkreditatsiyadan o‘tgan qozog‘istonlik diplomatlarga topshirildi.

“Qozog‘istonlik aktrisa Samal Yeslyamovaning ijrosi Sergey Dvorsevoyning filmini muvaffaqiyatli chiqishiga yordam bergan. Kamerada uning har bir harakati mohirona aks ettirilgan. Biz u ijro etgan qahramonga hamfikr bo‘la oldik”, – deydi norvegiyalik kinotanqidchilar.

Shuningdek, festivalda “Hujjatli film”, “Auditoriya mukofoti”, “Kumush ko‘zgu” singari nominatsiyalarning g‘oliblari ham aniqlandi. Tadbir yakuniga ko‘ra, kongolik rejissyor Emmanuel Grastning “Makala” filmi “Hujjatli film” nominatsiyasiga, yaponiyalik rejissyor Xirokadzu Koreedaning “Do‘kon o‘g‘risi” filmi “Auditoriya mukofoti”, janubiy koreyalik Li Chang Dong rejissyorligidagi “O‘rtanish” filmi “Kumush ko‘zgu” nominatsiyasiga munosib deb topildi.

Festivalda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining 80 dan ortiq filmi namoyish etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qozog‘istonning “Ayka” filmi “Film fra sør” xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi