16:38 / 22.11.2018
5 198

Mahmudjon Eshonqulovning karikaturalari Norvegiyadagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda

Mahmudjon Eshonqulovning karikaturalari Norvegiyadagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda
O‘zbekistonlik rassom Mahmudjon Eshonqulovning karikaturalari Norvegiyada o‘tayotgan xalqaro karikaturalar ko‘rgazmasida namoyish qilinmoqda. 17 noyabr kuni ochilgan ko‘rgazmada butun dunyo rassomlarining 100 ta karikaturasi tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

Turon24 rassom bilan bog‘landi. “Bu ko‘rgazma "Xalqaro oq hassa kuni"(International Day of the White Stick)ga bag‘ishlangan. Ko‘rgazma har yili o‘tkaziladi. Bu yilgi mavzusi "Hech kimni ortda qoldirma" (“Leave no one behind”) edi. Qatnashish internet orqali bo‘ldi, ishlarimni 29 sentyabrda yuborganman. Saralash jarayonida 43 davlatdan 156 rassom 249 ta karikaturasi bilan qatnashdi va shundan 100 ta asar saralanib ko‘rgazmaga qo‘yilgan”, – dedi Mahmudjon Eshonqulov.

Shuningdek, rassom Portugaliyada bo‘lib o‘tgan 6-xalqaro yumor biyennalesida qatnashgani uchun ham sertifikat yuborishganini aytdi.

“Bu Portugaliyaning Penela shahrida o‘tkazilgan biyennale edi. Mavzusi – “Hayot tarzi” (“The life style”). 78 davlatdan 450 rassom 1160 ta asari bilan qatnashgan ko‘rgazma 21 sentyabrgacha davom etdi. Mening terrorizmga oid to‘rtta karikaturam ko‘rgazmaga tanlangan va katalogda nashr etilgan. O‘zim biyennalega borolmaganim uchun sertifikatni yuborishibdi. Sertifikat kecha qo‘limga tegdi”, – dedi Mahmudjon Eshonqulov.

Norvegiyada o‘tayotgan xalqaro karikaturalar ko‘rgazmasi 24 noyabrgacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mahmudjon Eshonqulovning karikaturalari Norvegiyadagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda