18:20 / 29.11.2018
6 473

Yulduz Usmonova “Qirolichaman” qo‘shig‘i g‘oyasini Sanjar Jovberdiyevdan o‘g‘irlab olganmi?..

Yulduz Usmonova “Qirolichaman” qo‘shig‘i g‘oyasini Sanjar Jovberdiyevdan o‘g‘irlab olganmi?..
Yaqinda O‘zbekiston Xalq artisti, o‘zbek estradasi malikasi Yulduz Usmonova bastakor va xonanda Sanjar Jovberdiyevga murojaat etib, o‘zining «Qirolichaman» deb nomlangan qo‘shig‘i xususida ayrim fikrlarni bildirib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qo‘shiq g‘oyasi aslida Sanjar Jovberdiyevga tegishli ekan-u, Yulduz Usmonova bu g‘oyani o‘g‘irlab qo‘shiq yaratibdi.

— Men 30 yildan beri qo‘shiqlar yozaman va kuylayman, — dedi Yulduz Usmonova. — Bu qo‘shiqning so‘zi ham, kuyi ham seniki emas. Har bir satri uchun mana, men o‘zim javob beraman. Xo‘p, mayli, g‘oya seniki ham deylik. Nega shu paytgacha shunaqangi g‘oyalaring bilan mashhur bo‘lib ketmading?.. Umuman aytganda, men bu soqolli yigitni negadir taniy olmayapman. Soqolini olib tashlasa ma’qul bo‘lardi. Bilmadim, «O‘zbeknavo» qayoqqa qarayapti o‘zi? Artistning soqol qo‘yib yurishi noto‘g‘ri-da endi!..

Sanjar Jovberdiyev bu gaplarga qanday javob qaytargani haqida yaqin vaqtlar ichida albatta xabar topamiz.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova “Qirolichaman” qo‘shig‘i g‘oyasini Sanjar Jovberdiyevdan o‘g‘irlab olganmi?..