5 958
«Skorpion»ning chiptasi boshqa filmlar chiptasidan qimmat sotilayotgani sababi nima?
Foto: «Daryo»
Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan «Scorpion» filmi 1 dekabrdan Alisher Navoiy nomli kino saroyida namoyish etilmoqda. «Scorpion» trillerining chiptasi 16 000 so‘m, kino saroyda namoyishi davom etayotgan boshqa filmlarning bilet narxi esa 12 000 so‘m qilib belgilangan.
«Scorpion» filmining chiptasi narxi nima sababdan boshqa filmlardan qimmatligiga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad Respublika kinoprokat markazi direktori Ma’murjon Muhammadsaidov bilan qisqa intervyu qildi.
— Alisher Navoiy nomli kino saroyi matbuot xizmati ma’lumotiga qaraganda, «Scorpion» filmining bilet narxlari kino saroydagi boshqa filmlardan qimmat narxda sotilayotgan ekan, buning sababi nima?
— Avvalo, film ishlab chiqaruvchi huquq egasining talab va istaklaridan kelib chiqib, ularning Respublika kinoprokat markazi bilan shartnomasiga muvofiq «Scorpion» filmining Alisher Navoiy nomli kino saroyidagi bilet narxi 16 000 so‘m qilib belgilandi. Bundan tashqari film katta mablag‘ga suratga olinganligi, katta reklama ishlari amalga oshirilgani ham inobatga olingan.
Bir qancha davlatlarda suratga olingan «Scorpion» filmining suratga olish ishlariga qancha mablag‘ sarflangani film ijodkorlari tomonidan ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi