07:27 / 04.12.2018
4 822

Abu Dabida madaniy meroslar festivali boshlandi (foto)

Abu Dabida madaniy meroslar festivali boshlandi (foto)
BAAning Abu Dabi shahrida 2 dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivali boshlandi. Festivalda eng kombinatsiyalashgan o‘zbek paviloniga tashrif buyurgan turistlar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda.



Festivaldagi O‘zbek paviloni Registon maydoni shaklida qurilgan. Yon-atrofidagi hujralarda xunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalari, miniatyura rassomlari o‘rin egallagan. Turistlar o‘zbek amaliy san’ati namunalarini qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.



Festivalning ochilish marosimida sozandalar o‘zbek milliy cholg‘ulari: karnay, surnay, doira va nog‘ora bilan musiqiy kompozitsiyalarni ijro etishdi. Tashrif buyuruvchilar o‘zbek maqomchilari ijrosida “Tanovar”ni tinglashdi.


Pavilonda o‘zbek oshxonasi, meva va sabzavot mahsulotlari ham namoyish qilindi.




“Abu Dabi festivalidagi pavilonlar 2018 yil Shahrisabzda o‘tkazilgan Xalqaro maqom san’ati forumidagi har bir viloyat uchun alohida tiklangan pavilonlarni yodga soladi, – deydi o‘zbek delegatsiyasi vakillaridan biri Sardor Babayev. – Maqom festivalida 14 ta pavilon 14 ta hududning o‘ziga xos madaniyati, san’ati va an’analarini namoyon etgan bo‘lsa, Abu Dabi festivalida o‘sha pavilonlar yaxlit bir holda O‘zbekiston madaniyati va san’atini dunyoga tanishtirmoqda”.



Madaniy meroslar festivali 26 yanvargacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Abu Dabida madaniy meroslar festivali boshlandi (foto)