Badiiy Kengash Jahongir Otajonovning klipini o‘tkazmadi

  • 6-12-2018, 18:22
  • 1 724
  • Madaniyat
  • Badiiy Kengash Jahongir Otajonovning klipini o‘tkazmadi
    Joriy yilning 5 dekabr kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.

    Jahongir Otajonovning «Qaddi baland», Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro «Mehmonim» dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) «Uzun yo‘l», Mahliyo Omonning «Farg‘onadan», Doston Ubaydullayevning «6-xonadon», Alisher Zokirovning «Mayli, mayli» qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.

    «Nihol» mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning «O‘g‘lim», Sharof «Qora», xonandalar Zilola Musayevaning (Shaxzoda) «Men o‘sha», Otabek «Ona», Qilichbek Madaliyevning «Sevgi», Jasur Mavlonovning «Netay» qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi. «Maroqand» guruhining «Torimning siri», Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan «Hasrat» qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

    «Xonandalar Badiiy Kengashga a’zolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qo‘shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy saviyasiga alohida e’tibor qaratib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

    » » Badiiy Kengash Jahongir Otajonovning klipini o‘tkazmadi