16:58 / 07.12.2018
5 601

20 dekabr kuni “Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovi g‘oliblari aniqlanadi

20 dekabr kuni “Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovi g‘oliblari aniqlanadi
20 dekabr kuni soat 19:00 da “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovining g‘oliblari aniqlanadi. Bu haqida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent shahar bo‘limi xabar berdi.

G‘oliblarni aniqlash bo‘yicha guruh tuzilgan. Hozir telekanal va radiokanallar taqdim etgan nomzodlar saralanmoqda. Guruh tarkibiga san’atshunoslar, televideniye va radioda ishlovchi, musiqiy savodi bor insonlar chaqirilgan. G‘oliblarni aniqlashda qo‘shiqning yil davomida ommalashganlik darajasi, badiiy-g‘oyaviy mukammalligi, matni va klipning saviyasi kabi jihatlar o‘rganiladi.

“Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovi har yili o‘tkaziladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 20 dekabr kuni “Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovi g‘oliblari aniqlanadi