20:43 / 07.12.2018
7 860

«Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri namoyish etildi

«Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri namoyish etildi
Jahonga o‘zining superqahramonlari bilan mashhur Marvel studiyasi 2019 yilning eng shov-shuvli va kassabop filmi bo‘lishi kutilayotgan «Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri va posterini namoyish qildi.

Film premerasi 2019 yilning 25 aprelida Rossiyada, 26 aprelda Buyuk Britaniyada, 3 may kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.

Film 2012 yilda chiqqan «Qasoskorlar» haqidagi turkum filmlarning to‘rtinchisi, Marvel kinokoinotining 22 filmi bo‘lib, u «Qasoskorlar: So‘ngsizlik jangi» filmining mantiqiy davomi hisoblanadi. Kartina ssenariysi o‘ta maxfiy saqlangan, biroq tasvirga olish maydonchasidagi harakatlardan taxmin qilish mumkinki, voqealar vaqt bo‘ylab sarguzashtni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, «Qasoskorlar» haqidagi turkum filmlarda gonorari bo‘yicha jahonning eng qimmatbaho aktyor va aktrisalari rol ijro etib kelishadi. «Qasoskorlar: So‘ngsizlik jangi» filmi jahon prokatida 2 046 909 636 dollar daromad topgan. Film aktyorlari tarkibidan Kenja Robert Dauni, Skarlett Yoxansson, Kris Evans, Kris Hemsvort, Tom Hiddlston, Semyuel Jekson, Mark Ruffalo, Jeremi Renner kabi mashhur yulduzlar o‘rin olishgan. Film rejissyorlari Entoni va Jo Russo, prodyuser Kevin Faygi, film bastakori Alan Silvestri hisoblanishadi.

«Qasoskorlar: Intiho» filmining original treylerini Marvel studiyasining rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
[media=https://www.youtube.com/embed/hA6hldpSTF8]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri namoyish etildi