10:16 / 10.12.2018
5 602

Kinoaktrisa Lea Seydu Agent 007 filmiga qaytadi

Kinoaktrisa Lea Seydu Agent 007 filmiga qaytadi
Fransuz kinoyulduzi Lea Seydu Agent 007ning sarguzashtlari tasvirlangan mashhur kinofranshizga qaytadi. Buni film rejissyori Keri Fukunaga tasdiqladi.

Lea Seydu "007: Spektr" filmida Jeyms Bondning do‘sti rolini ijro etgan. Aktrisa yana o‘zining qahramoni Madlen Suonn rolini o‘ynaydi.

Bundan tashqari filmda Reyf Fayns, Ben Uishou, Naomi Xarris va Rori Kinnir kabi aktyorlar ishtirok etishadi. Filmning 25-qismi bo‘lgan “Bond 25” filmida superagentning nafaqaga chiqqandan keyingi oilaviy hayoti ko‘rsatiladi.

Film 2019 yilning mart-iyul oylarida tasvirga olinadi.

“Jeyms Bond” seriali britaniyalik razvedkachi Jeyms Bond haqidagi kinoasar bo‘lib, Yan Fleming romani asosida suratga olingan. 4 marta Bond rolini angliyalik aktyor Deniyel Kreyg ijro etgan. Bond rolini birinchi bo‘lib 1962 yil Shon Konneri o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kinoaktrisa Lea Seydu Agent 007 filmiga qaytadi