8 dekabr kuni “Orenburg” – Yevroosiyoning yuragi” forumi doirasida o‘tkazilgan “Yevroosiyo mo‘’jizasi” video, foto va animatsiya tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi. Tanlovga 10 ta davlatdan 4 ta nominatsiya bo‘yicha 237 ta ijodiy ish qabul qilingan.
Tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiyadan ishtirokchilar qatnashdi.
Rossiya va O‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan hamkorlikda ishlangan “Buxoro” qisqa metrajli filmi “Qisqa metrajli filmlar” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Qisqichbaqa” (Orenburg, Rossiya) hamda “Kislovodsk: shahar-xiyobon” (Moskva, Rossiya) filmlari qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlovda “Sog‘liqni saqlash va dam olish joylari”, “Tarixiy-madaniy yodgorliklar” va “Mintaqalar namoyishi” kabi yo‘nalishlarda ham g‘oliblar aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi