15:02 / 10.12.2018
4 046

Frederik Starr: "O‘zbekiston madaniy merosi aysbergga o‘xshaydi"

Frederik Starr: "O‘zbekiston madaniy merosi aysbergga o‘xshaydi"
Toshkentda "O‘zbekiston madaniy merosini saqlash va o‘rganish bo‘yicha loyihalar" 2018 yil yakunlari. 2019 yil "Yo‘l xaritasi" xalqaro multimedia forumi davom etmoqda.

Nufuzli tadbirning rasmiy ochilishida so‘zga chiqqan taniqli sharqshunos olim, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati ilmiy kengashi a’zosi Frederik Starr yurtimiz va Markaziy Osiyo madaniy merosiga "aysberg" deya ta’rif berdi.

– O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosi xuddi aysbergga o‘xshaydi, – dedi F.Starr. – Bu merosning faqat bir qismigina bizga ma’lum. Qolgani yashirinib yotibdi. "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plarida" loyihasi doirasida izlab topilayotgan nodir qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar bilan "aysberg"ning ko‘zdan pana qismi tobora ochilib bormoqda.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosining 85-90 foizi bugungi kungacha yetib kelmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Frederik Starr: "O‘zbekiston madaniy merosi aysbergga o‘xshaydi"