03:51 / 19.12.2018
4 751

Google 2018 yilning eng mashhur aktyor va aktrisalarini maʼlum qildi

Google 2018 yilning eng mashhur aktyor va aktrisalarini maʼlum qildi
Yakuniga yetib borayotgan 2018 yil uchun turli toifalar boʻyicha eng yaxshilar va eng yomonlar tanlanishi davom etmoqda. Jumladan, Google ham 2018 yil uchun eng mashhur aktyorlar reytingini yangiladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Google reytingi birgina mezon: u yoki bu aktyorning qanchalik koʻp qidirilishiga koʻra tuzildi. Aynan shu sababli Google roʻyxatida eng kassabop filmlarda suratga tushgan emas, balki joriy yilda turli mojarolarga aralashgan aktyorlar koʻpchilikni tashkil qilmoqda.

Reytingning eng yuqori pogʻonasini Silvestr Stallone egallagan. Aktyorga qiziqishning qattaligi uning ishtirokidagi “Krid” filmining sikveli chiqishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, aktyor yil boshida jinsiy tegajogʻliklarda ayblangan, biroq keyinchalik undan bu ayblovlar olingan.

Mashhurlik boʻyicha 2-oʻrinni 22 yoshli amerikalik aktyor va bloger Logan Pol egallagan. 3-oʻringa Pit Devidson joylashtirilgan. Uning qoʻshiqchi Ariana Grande bilan unashtirilishi va keyinroq ajrashishi mashhurligini oshirib yuborgan.

Shuningdek, yetakchi oʻntalikdan Bill Kosbi, Noy Sentineo, Donald Glover, Ellison Mek, Gari Oldman, Sapna Chaudxari va Rozanna Barr joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Google 2018 yilning eng mashhur aktyor va aktrisalarini maʼlum qildi