Angliyalik qo‘shiqchi Ed Shiran 2018 yilning eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda “Turon24” nashri xabar berdi.
U chet davlatlardagi konsert dasturlari orqali jami 432,4 mln dollar daromadga ega bo‘lgan. Yil davomida 53 ta shaharda 94 ta konsert dasturini taqdim etgan.
Shirandan keyingi o‘rinda amerikalik xonanda Teylor Svift (345 mln dollar) joy olgan. Amerikalik repper Shon Kori Karter va xonanda Beyonse bir xil natija bilan (254,1 mln dollar) 3-o‘rinni egallagan.
Bundan tashqari, Aleysha Bet Mur, Bruno Mars, Jastin Timberleyk kabi qo‘shiqchilar ham muvaffaqiyatli gastrol safarlariga chiqqan xonanda sifatida qayd etilgan.
Ed Shiran (Edvard Kristofer Shiran) 1991 yili Buyuk Britaniyaning Galifaks shahrida tavallud topgan. 2016 yili “Thinking Out Loud” qo‘shig‘i uchun “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan. 2017 yilning boshida “Shape of You” albomi AQSh va Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan albomlar orasida 1-o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»